2021 yilning 7-9 aprel kunlari Toshkent shahrida sportning Regbi turi bo‘yicha U-20 o’smirlar va qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionati musobaqasi

16.4.2021

2021 yilning 7-9 aprel kunlari Toshkent shahrida sportning Regbi turi bo‘yicha
U-20 o’smirlar va qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionati  musobaqasi to‘g‘risida

MA’LUMOT

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O’zbekiston regbi fedaratsiyasining 2021 yilga mo’ljallangan kalendar rejasiga asosan joriy yilning              7-9 aprel kunlari Toshkent shaharida sportning regbi turi bo’yicha U-20 o’smirlar va qizlar  o’rtasida O’zbekiston chempionati musobaqasi bo’lib o’tdi.                 

Mazkur musobaqada jami 10 ta viloyatdan o’smirlar 10 ta jamoa, 8 ta qizlar jamoalarida 216 nafar ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa ko’taringki ruhda juda qizg’in bo’lib o’tdi.

Musobaqaning yakuniy najijalariga ko’ra

O‘smirlar                                                           Qizlar

1-o‘rin Toshkent viloyati                                     1-o‘rin Toshkent viloyati

2-o‘rin Navoiy viloyati                                        2-o‘rin Qoraqolpog’iston

3-o‘rin Xorazm viloyati                                       3-o‘rin Navoiy viloyati

jamoalari qo’lga kiritishdi. Viloyatimiz sharafini munosib ximoya qilib O’zbekiston chempionati musobaqasida o’smirlar o’rtasida Sportning o’yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabi regbi bo’limi Shafikov Timur qo’l ostida shug’ullanuvchilari  Raxmonov Xasanali Ravshan o‘g‘li, Abduraxmonov Sardor Abdulla o‘g‘li, Xolikov Sobirjon Gulom o‘g‘li, Abduraxmonov Shaxrizod Muzaffar o‘g‘li, Usmonov Shaxzod Lukmon o‘g‘li, Mirzokulov Barkamol Abdusamat o‘g‘li, Mustafoyev Yigitali Muxammad o‘g‘li,Sattorov Boburjon Baxtiyor o‘g‘li kumush medali shohibi bo’lishdi hamda qizlar jamoasi Treneri Ramazonova Gulmira qo’l ostida shug’ullanuvchilari Xasanova Kamola Suyunovna, Shodiyeva Sevinch Mansur kizi, Kubayeva Ma’mura Muxtorovna, Nuritdinova Oyjamol Sunatullo kizi, Murodova Zarina Nematjon kizi, Mansurova Gulshanbonu Ibrogim kizi, Begmurodova Gavxar Yolqinovna, Safartosheva Rizida Baxtiyorovna, Axatova Sivara Bexzodovna, Muxammadiyeva Sabrina Salimjon kizi, Sayfiyeva Ug‘iloy Qoydin kizi, Muxammadova Shaxlo Salimjon kizi bronza medali shahibasi bo’lishdi. 

Musobaqa yakunida musobaqa g’oliblari O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining diplom hamda medallar bilan taqdirlanishdi. Bundan tashqari ushbu musobaqaga 1,2,3 o’rinlarni qo’lga kiritgan sportchi o’quvchilar 2020 yilning                          24 yanvardagi №5924-sonli O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident farmoniga asosan Oliy ta’lim muassasalariga tibbiyot yo’nalishidan tashqari barcha institut va universitutlarga grand asosida o’qishga kirish xuquqiga ega bo’lishdi.

Ulashing

So'nggi yangiliklar

Kalit so'zlar