2022-yilning 7 sentabr kuni sportning yengil atletika boyicha Navoiy viloyati chempionati musobaqasi bo`lib o`tdi.

09.9.2022

      O`zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziriligi hamda O`zbekiston Yengil atletika federatsiyasi 2022 yilga mo`ljallangan taqvim rejasiga asosan  joriy yilning 13-15 sentabr kunari Toshkent shahrida sportning  yengil atletika turi bo`yicha U-16, U-18 o`rtasida O`zbekiston chempionati hamda Namangan shahrida bo`lib o`tadigan U-14 o`rtasida O`zbekiston chempionati  bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. 2022- yil 7 sentabr kuni Navoiy viloyati terma jamosini saralash maqsadida Navoiy viloyat chempionati musobaqasi o`tkazildi. Ushbu musobaqaga jami 220 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Navoiy viloyatning barcha tumanlaridan kelgan iqtidorli sportchilar jam bo`lishdi. Musobaqa qizg`in tarzda bo`lib o`tdi. Navoiy viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi Sportning o`yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining  yengil atletika bo`limi sportchi-o`quvchilari ham ushbu musobaqaga qatnashshishdi. Musobaqa natijalari:  Abdullayev Ilxom  2005-yil, Aminova Dinara  2008-yil, Karimova Karina  2008-yil, Ismoilova Dildora  2006-yil, Sanoyeva Visola  2007-yil, Shavkatov Bexruz  2007-yil, Majidov Javohir 2005-yil, Samatova Maftuna  2005-yil, Xamzayev Muhammadali  2006-yil, Nasimov Akobir 

2005-yil, Xayrullayev Asilbek  2005-yil, Nazarov Azamat  2005-yil Raxmatov Sarvar  2004-yil. Musobaqa yakunida g`olb bo`lgan sportchi-o`quvchilarga Navoiy viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi  hamda Navoiy viloyati yengil atleika federatsiyasi diplom hamda estalik sovg`alari bilan taqdirlashdi

Ulashing

So'nggi yangiliklar

Kalit so'zlar