2022-yil 9-11 sentabr kunlari Toshkent vilyati Chirchiq shahri sportning regbi-7 turi b`yicha O`zbekiston kubogi musobaqasi otdi.

13.9.2022

O`zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziriligi hamda O`zbekiston Regbi federatsiyasi 2022 yilga mo`ljallangan taqvim rejasiga asosan  joriy yilning 9-11 sentabr kunari Chirchiq shahrida sportning  regbi turi bo`yicha erkakalar va ayollar jamoalar o`rtasida O`zbekiston kubogi  bo`lib o`tdi. Musobaqada erkaklar oʻrtasida Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Navoiy, Namangan va Andijon viloyatlari hamda poytaxt Toshkent shahri jamoalari, ayollar oʻrtasida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Namangan, Xorazm, Navoiy, Andijon va Fargʻona viloyatlaridan kelgan jamoalar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqa qizg`in tarzda bo`lib o`tdi. Navoiy viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi Sportning o`yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining  regbi bo`limi sportchi-o`quvchilari ham ushbu musobaqaga qatnashshishdi. Qizgʻin va murosasiz kurashlar ostida oʻtgan musobaqa yakuniga koʻra gʻolib va sovrindorlar quyidagicha koʻrinish oldi:

Erkaklar oʻrtasida

1. Toshkent viloyati,

2. Xorazm viloyati,

3. Navoiy viloyati,

Ayollar oʻrtasida

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

2. Namangan viloyati,

3. Xorazm viloyati.Musobaqa natijalari:                                                                                                                         

Musobaqa yakunida g`olb bo`lgan sportchi-o`quvchilarga O`zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziriligi hamda O`zbekiston Regbi federatsiyasi diplom hamda estalik sovg`alari bilan taqdirlashdi. 

Ulashing

So'nggi yangiliklar

Kalit so'zlar