2022-yil 5-6-noyabr kunlari Toshkent viloyatining Angren shahrida regbi-7 boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionat
O’zbekiston Respublikasi Regbi-7 sport turi bo’yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritishdi
2022-yil 5-6-noyabr kunlari Toshkent viloyatining Angren shahrida regbi-7 boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
Yosh regbchilarimiz Osiyo chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Hamyurtlarimiz hal qiluvchi bellashuvda BAA vakillariga qarshi maydonga tushishdi. Murosasiz oʻyinda mehmonlarning qoʻli baland keldi. Bronza medallari esa malayziyalik regbichilarga nasib etdi.
Regbi-7 boʻyicha U20 Osiyo chempionati, erkaklar:
1. BAA
2. Oʻzbekiston
3. Malayziya
Ayollar:
1. BAA
2. Hindiston
3. Tailand
Musobaqaning yopilish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov ishtirok etishdi. Shahrullo Sharipovich terma jamoamiz qoʻlga kiritgan ushbu muvaffaqiyat bilan Oʻzbekiston regbi federatsiyasini qutladi.
Shuni taqidlash joizki Navoiy viloyati Sportning o’yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi regbi bo’limi 2 nafar shug’ullanuvchilari Raxmonov Xasanali hamda Xoliqulov Sobirjonlar O’zbekiston Respublikasi U20 terrma jamoasi tarkibidan ishtirok etishib Viloyatimiz, sport maktabimiz nomiga 2 ta Osiyo chempionati kumush medalini taqdim etishdi.